Hisobni o‘chirish
KiOVO hisobingizni va unga bog‘liq ma’lumotlarni istalgan payt o‘chirishingiz mumkin. Uch yo‘l bor:
1. Ilovada (eng tezi)
Ilovani oching → Profil → Hisob va ma’lumotlarim → Hisobni o‘chirish → tasdiqlang.
Ilovada o‘chirish2. Telegram botda
Botga /ochir buyrug‘ini yuboring.
3. Bizga yozing
Ilovaga kira olmasangiz — hisobingizga bog‘langan telefon raqamini yozib murojaat qiling, 3 ish kuni ichida o‘chiramiz.
Telefon: 010-6716-0440
Telegram: @mrwaxze
Nima o‘chadi
- yuz suratlari va barcha tahlil natijalari;
- ism, telefon, email, yosh, manzil va profildagi boshqa ma’lumotlar;
- savat, sevimlilar, sharhlar va ilovaga kirish seanslari.
Nima saqlanadi
Buyurtmalar hisobi (mahsulot, summa, sana) qonun talabi bilan saqlanadi, lekin ism, telefon va manzil undan olib tashlanadi. Faol (to‘langan, yo‘ldagi) buyurtma bo‘lsa, hisob u yetkazilgandan keyin o‘chiriladi.