Maxfiylik siyosati
Ushbu siyosat KiOVO ilovasi, Telegram boti va kiovo.shop sayti (keyingi o‘rinlarda — «Xizmat») qanday ma’lumot yig‘ishini, nima uchun ishlatishini va siz uni qanday boshqarishingizni tushuntiradi. Ma’lumot egasi va uni qayta ishlovchi — KiOVO do‘koni.
1. Qanday ma’lumot yig‘iladi
| Ma’lumot | Nima uchun |
|---|---|
| Ism, telefon raqami, yosh | Hisob, buyurtma va yetkazib berish, siz bilan bog‘lanish |
| Email va Google hisob identifikatori (Google bilan kirsangiz) | Hisobga kirish |
| Telegram identifikatori va foydalanuvchi nomi (Telegram bilan kirsangiz) | Hisobga kirish, buyurtma holati haqida xabar |
| Yetkazib berish manzili (viloyat, tuman, ko‘cha) | Buyurtmani yetkazish |
| Yuz surati va uning tahlil natijasi | Teri holatini tahlil qilish, mos parvarish tavsiya qilish |
| Teri turi, allergiya va boshqa ixtiyoriy profil ma’lumotlari | Sizga mos kelmaydigan mahsulot tavsiya qilmaslik |
| Buyurtmalar, savat, sevimlilar, mahsulot sharhlari | Do‘kon xizmati |
| To‘lov cheki (skrinshot) | To‘lovni tasdiqlash |
| AI maslahatchiga yozgan savollaringiz va yuborgan rasmlaringiz | Savolingizga javob berish |
| Bildirishnoma obunasi (siz yoqsangiz): qurilmangizning push manzili | Buyurtma holati haqida telefoningizga xabar. Profil → Bildirishnomalar’da o‘chiriladi |
| IP manzil, qurilma turi, kirish vaqti | Xavfsizlik: begona kirishdan va suiiste’moldan himoya |
Biz bank karta raqamingizni yig‘maymiz: to‘lov sizning bankingiz ilovasi orqali o‘tkaziladi.
2. Yuz surati
- Surat tahlil uchun sun’iy intellekt xizmatiga — Google LLC (Gemini) — uzatiladi va natija sizga qaytariladi. Google bu ma’lumotdan o‘z shartlari doirasida faqat xizmat ko‘rsatish uchun foydalanadi.
- Surat va natija sizning hisobingizga bog‘lanadi, boshqa foydalanuvchilarga ko‘rinmaydi va reklamada ishlatilmaydi.
- Siz uni istalgan payt o‘chirasiz (pastga qarang). Do‘kon suratlarni saqlashni umuman o‘chirib qo‘yishi ham mumkin — u holda faqat natija qoladi.
- Tahlil tibbiy tashxis emas — u kosmetik parvarish tanlashga yordam beradi.
3. Ma’lumot kimga beriladi
Ma’lumotlaringiz sotilmaydi. Faqat xizmat ishlashi uchun zarur hajmda quyidagilarga uzatiladi:
- Google LLC — yuz surati tahlili (Gemini) va Google bilan kirish;
- Telegram — bot orqali xabarlar (agar Telegram bilan foydalansangiz);
- Eskiz.uz — telefon raqamingizga kirish kodi SMS yuborish;
- Brauzer push xizmati (Android’da Google Firebase) — bildirishnomani qurilmangizga yetkazish; xabar matni shifrlangan holda o‘tadi;
- Pochta / kuryer xizmati — buyurtmani yetkazish uchun ism, telefon va manzil;
- Bulutli server va baza (Railway, Supabase) — ma’lumotlar shu yerda saqlanadi.
Qonun talab qilganda — vakolatli davlat organlariga.
4. Qancha saqlanadi
- Profil, tahlillar va suratlar — siz hisobni o‘chirguningizcha.
- Ilovaga kirish seansi — 60 kun (keyin qayta kirasiz).
- Qurilmangizda — profil va oxirgi tahlilning nusxasi (ilova internetsiz ham ochilishi uchun). U faqat sizning telefoningizda turadi va ilovadan chiqqaningizda yoki hisobni o‘chirganingizda o‘chadi.
- SMS va Telegram orqali kirish so‘rovlari — 1 kungacha.
- Buyurtmalar hisobi — qonunda belgilangan muddat; hisob o‘chirilganda ism, telefon va manzil buyurtmadan olib tashlanadi.
5. Sizning huquqlaringiz
- Ko‘rish va yuklab olish — ilovada «Profil → Hisob va ma’lumotlarim → Ma’lumotlarimni yuklab olish». Fayl JSON ko‘rinishida qurilmangizga saqlanadi.
- Tuzatish — «Profil» bo‘limida.
- O‘chirish — «Profil → Hisob va ma’lumotlarim → Hisobni o‘chirish»,
Telegram botda
/ochiryoki shu sahifa orqali. - Rozilikni qaytarib olish — skanerdan foydalanmasangiz yuz surati yig‘ilmaydi; do‘konning qolgan qismi shusiz ishlaydi.
6. Xavfsizlik
Ulanish shifrlangan (HTTPS). Kirish tokenlari va SMS kodlari bazada ochiq holda emas, xesh ko‘rinishida saqlanadi. Yuz suratlari va to‘lov cheklari faqat sizga va do‘kon xodimlariga ochiladi.
7. Bolalar
Xizmat 18 yoshdan katta foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan. 18 yoshgacha bo‘lganlar ota-ona yoki qonuniy vakil roziligi bilan foydalanadi.
8. O‘zgarishlar va aloqa
Siyosat o‘zgarsa, yangi tahrir shu sahifada e’lon qilinadi. Savollar bo‘yicha pastdagi aloqa orqali murojaat qiling.
Summary in English
KiOVO (operated by the KiOVO store) collects your name, phone number, age, delivery address, optional email / Google account ID or Telegram ID (for sign-in), orders, and — only if you use the skin scanner — your face photo and its analysis. Face photos are sent to Google (Gemini) solely to produce your skin analysis, are visible only to you and store staff, are never used for advertising and never sold. Data is shared only with service providers needed to run the service (Google, Telegram, Eskiz.uz SMS, the delivery service, Railway/Supabase hosting). You can download your data as JSON or delete your account at any time in the app: Profile → Account & my data, or via this page. Order records are kept for accounting with personal details removed. The service is intended for users aged 18 and over.